Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:47 / 08.11.2015
4743
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada uchishga hozirlanayotgan Boeing An-26ga tegib ketdi
Xabarovsk aeroportida Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyaga tegishli Boeing 777 samolyoti uchishga hozirlanayotgan paytda An-26ga tegib ketdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Xabarovsk aeroportida yakshanba kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti uchishga hozirlanayotgan paytda An-26ga tegib ketdi. Hech kim jabr ko‘rmadi”, - deb ma'lumot berdi Uzoq Sharq trasport prokuraturasi.
Samolyot Moskvaga yo‘l olayotgan edi. Endi uning yo‘lovchilari boshqa reys bilan ketishlariga to‘g‘ri keladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish