Jahon | 16:46 / 08.11.2015
3548
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya va BAA Suriyadagi aviazarbalar miqdorini kamaytirdi

AQSh Suriyada IShID pozitsiyalariga berilayotgan aviazarbalar miqdori oshirilishini ma'lum qilgan bir paytda koalitsiya tarkibiga kiruvchi Saudiya Arabistoni va BAA ushbu kampaniyadagi ishtiroklarini bir qadar qisqartirishlarini bayon qilishdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Saudiya va Amirliklar samolyotlarining katta qismini Yamanga, xusiylarga qarshi yo‘llagan. Iordaniya ham samolyotlarini Yamanga yuborishga qaror qildi.
Shu bilan birga, Bahrayn ham Suriyadagi operatsiyalarda oxirgi marta fevralda ishtirok etgani aytilmoqda.
Shu tariqa, arab davlatlari asosiy e'tiborlarini Yaman ixtilofiga qaratadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish