10:07 / 08.11.2015
3204

Sharm ash-Shayx aeroporti xodimlari xavfsizlik ta'minotida muammolar borligini tan olishdi

Misrdagi Sharm ash-Shayx kurort shahri aeroporti xodimlari xavfsizlik ta'minotida muammolar borligini tan olishdi. Ismlarini oshkor qilishni istamagan shaxslar Associated Press muxbirlari bilan suhbatlashishdi.
Ularning aytishlariga qaraganda, aeroportdagi skandan chiqaruvchi uskunalarning katta qismi ishlamaydi, yo‘lovchilar tekshiruvi e'tiborsizlik bilan o‘tkaziladi, shu bois taqiq ro‘yxatidagi uncha-muncha narsani samolyot bortiga bemalol olib chiqish mumkin.
O‘z navbatida, rahbariyat bundan boxabarligi, ammo tegishli choralar ko‘rmayotgani ta'kidlandi.

Top