Jahon | 00:45 / 08.11.2015
8094
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi rossiyalik uchuvchilar har o‘nta jangovor parvozni samolyotlarida bitta yulduz bilan belgilashmoqda

Rossiya telekanallaridan birida Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi uchuvchilari amalga oshirgan har o‘nta jangovor parvozlarini o‘zlarining samolyotlarida bitta yulduz bilan belgilashayotgani tasvirlangan video namoyish qilindi.

Videoda ko‘rinishicha, uchuvchi qo‘lidagi yulduz shaklidagi trafaretni Su-25 shturmchi samolyoti fyuzelyajiga qo‘yib, unga yulduz shaklini tushirmoqda. Samolyotga 8 ta yulduz tushirilgan, demak bu uchuvchi 80 ta parvozni amalga oshirganini anglatadi.

Ma'lum qilinishicha, bunday amaliyotni Ikkinchi jahon urushida sobiq ittifoq uchuvchilari qo‘llashgan.

Hozirda Suriyada Su-25 shturmchi, Su-24, Su-34 bombardimonchi, Su-30 qiruvchi samolyotlaridan foydalanilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish