19:51 / 08.11.2015
5064

Toshkentda telefon o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahar Yashnobod tumani ichki ishlar boshqarmasiga 41 yoshli fuqaro murojaat qilib, Kattaqo‘yliq mahallasidagi shohbekat oldida noma'lum shaxs unga tegishli “Nokia” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub 26 yoshli ayol sodir etganligi fosh etilib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top