Jahon | 17:09 / 09.11.2015
1766
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing Hindistonning Tata Advanced Systems kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil qiladi

Amerikaning samolyot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Boeing aviakonserni Hindistonning Tata Advanced Systems (TASL) kompaniyasi bilan bilan Hindistonda yangi qo‘shma korxona tashkil qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, yangi korxona AH-64 jangovor vertolyotlarining fyuzelyaj qismini (Uchuvchi qurilmaning korpus qismi - Kun) tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, TASL Hindistonning Tata Sons xoldingining aerokosmik xavfsizlik bo‘linmasi sanaladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish