Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron mudofaa vaziri AQSh mudofaa vaziriga “tiliga erk bermaslikni” maslahat berdi
Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon o‘zining AQShlik hamkasbi Eshton Karterning Eronning Yaqin Sharqdagi ixtiloflarda faol ishtirok etayotgani haqidagi ayblovlariga javoban unga “tiliga erk bermaslikni” maslahat berdi, deb xabar bermoqda Press TV nashri.
“AQSh mudofaa vaziri Eron hukumatiga nisbatan o‘z munosabatini, o‘zining tajovuzkor, bezorilarcha xatti-harakatlarini o‘zgartirishi va bundan buyog‘iga o‘z fikrini farosatliroq va e'tiborliroq bildirishi lozim”, deb aytdi Dehqon.
Avvalroq Karter The Atlantic jurnaliga bergan intervyusida Eronning Yaqin Sharqdagi harakatlariga baho berib, Tehronning mintaqadagi boshqa davlatlarga ta'siriga izoh berib o‘tdi.
Dehqonning aytishicha, Karter Yaqin Sharq davlatlariga ig‘vo qilishni to‘xtatishdan ko‘ra AQShning Somali, Afg‘oniston, Iroq va Yaman bilan yuzaga kelgan tarang munosabatlarini Eron bilan ham saqlab qoladi.
Eron mudofaa vazirining aytishicha, AQSh Yaqin Sharqdagi vaziyatni tobora yomonlashtirayotgan siyosat olib bormoqda.