O‘zbekiston | 17:03 / 09.11.2015
3169
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada yuristning aldovi tufayli bir uyga ikki kishi egalik qilish huquqi uchun sudlashdi

Farg‘onada yuristning aldovi tufayli bir uyga ikki kishi egalik qilish huquqi uchun sudlashdi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2014 yil boshida huquqshunos E. Li fuqaro G. Ro‘zmatovaga 4 ming dollar miqdorida qarz bergan.

Shu qarz evaziga ayolning xonadonini o‘ziga hadya sifatida ro‘yxatga o‘tkazib olgan, ammo ayolga boshqacha ma'lumot berib, qarz qaytarilishi bilan uy yana o‘zining nomiga o‘tkazib berilishini uqtirgan.
Ayni paytda, u xonadonni 12 ming dollarga M. Umarxodjayevaga 12 ming dollarga sotib yuborgan.

Oradan bir muddat o‘tib, aldanganini bilgan G. Ro‘zmatova prokuraturaga murojaat qilgan. Uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng uning foydasiga qaror chiqarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish