07:04 / 09.11.2015
2710

General Electric va Alstom Hindistonda 6,5 mlrd dollarga lokomotivlar ishlab chiqarish korxonasi ochadi

AQShning General Electric va Fransiyaning Alstom kompaniyalari Hindistonda lokomotivlar ishlab chiqaruvchi korxonasi qurish bo‘yicha tenderni yutib chiqishdi. Bu haqda Hindistonda chop etiladigan Financial Express gazetasi saytida ma'lum qilindi.   

400 mlrd rupiylik (6,5 mlrd dollar) shartnomalarga ko‘ra Hindistonning sharqida joylashgan Bixar shtatida yaratiladigan ikkita korxonada mingta General Electric teplovozi va 800 ta Alstom elektrovozi qurilishi kerak.

Tender shartlariga ko‘ra, General Electric 100 ta teplovozni tayyor holatda yetkazib berishi kerak, so‘ngra 900 tasini 10 yil davomida yasashi lozim. O‘z navbatida, Alstom 5 ta elektrovozni tayyor holatda yetkazib beradi, qolgan 795 tasini 11 yil ichida qurib beradi.

Ushbu loyihadagi 74 foiz ulush General Electric va Alstom kompaniyalariga, qolgan 26 foizlik ulush esa  Hindiston temir yo‘llariga tegishli bo‘ladi.

Top