15:31 / 09.11.2015
5846

Indi Koui - to‘p bilan muomala qilishda dunyodagi eng mohir jonglyor qiz

Sports.ru saytidagi «Korol i Shut» blogi muallifi o‘z muxlislarini ajoyib mahorat egasi, "dunyodagi eng mahoratli fintyor qiz" Indi Koui bilan tanishtirdi.

AQShning Florida shtatida tug‘ilgan 21 yoshli Indi 2011 yilgacha "Seltik" yoshlari va Shotlandiya terma jamoasida ishtirok etgan. Lekin u jiddiy jarohat olib, katta futboldagi faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan.

1,5 yil o‘tib, u Shimoliy Karolinadagi universitet jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida chaqirilgangan.

Indi bu bilan cheklanib qolmagan. U fristayl bo‘yicha Angliya terma jamoasi sardori Jon Farnuortdan jonglyorlik borasida saboq ola boshlaydi. Indi kuniga 3 soatni mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi.

Indi to‘p havodaligida oyog‘ini uning atrofida uch marta aylantira olgan ilk ayol futbolchiga aylangan. Hozirda uni butun dunyo tanimoqda, uning tryuklari tasvirlangan lavhalar ommalashmoqda.

                  Indi hali "Seltik"da

 

Indi Neymarning fintini takrorlamoqda 

 

 

Top