Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada timsohlar qo‘riqlaydigan qamoqxona qurilishi mumkin
Indoneziyada giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishining oldini oluvchi milliy boshqarmasi (BNN) timsohlar qo‘riqlaydigan hibsxona qurish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda mahalliy amaldor ma'lumotiga asoslanib, Frans Press agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, qamoqxona biror-bir orolda qurilishi lozim. Unda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib, o‘lim jazosiga mahkum etilganlar saqlanadi. Taklif muallifi boshqarma boshlig‘i Budi Vaseso bo‘lib, u ayni damda qamoqxonani qo‘riqlashga munosib timsohlarni izlab, butun mamlakat bo‘ylab kezib yuribdi.
"Timsohlarni pulga sotib olish mumkin emas. Shu bois ular mahbuslarning qochishiga yo‘l qo‘ymaydi", — deb hisoblaydi boshqarma boshlig‘i.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, qurilish loyihasi dastlabki bosqichda. Ayni damda uni amalga oshirish vaqti va joyi ma'lum emas.