14:39 / 09.11.2015
3696

INFOLIB-2015 Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilmoqda

9-13 noyabr kunlarida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada INFOLIB-2015 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kutubxona vebsaytida xabar qilingan.

«Betgerxonlik-2015» davra suhbati, «Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi-2015» tanlovi kabi kasbga oid tadbirlar bilan birga taqdimotlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob-rasmli ko‘rgazmalar, mahorat darslari, umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun adabiy, kollej va litsey o‘quvchilari uchun esa musiqiy viktorinalar tashkil etiladi.

Haftalik doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari, Milliy kutubxona musiqa fondida saqlanayotgan nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi, xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘sha kunlari jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar taqdimotlari, xalq amaliy hunarmandchiligi yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar va mahorat maktablari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi mavzuli ekskursiyalar uyushtirish rejalashtirilmoqda.

INFOLIB-2015 haftaligi dasturi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Top