Sport | 00:44 / 09.11.2015
3330
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya A Seriyasi: Rim derbisida “Roma” “Latsio”ni yengdi, “Yuventus” esa Turinda g‘alaba qozondi

8 noyabr kuni Italiya A Seriyasining navbatdagi 12-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda markaziy uchrashuv sifatida “Roma” va “Latsio” o‘yini talqin etildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Edin Jyekoning penaltidan kiritgan to‘pi, “Roma”liklarni oldingan olib chiqdi. “Latsio” vakillarida ham bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ular bundan foydalana olishmadi. Uchrashuvning ikkinchi taymi, 62-daqiqasida Jyervino tomonidan urilgan gol uchrashuvdagi so‘nggisi bo‘ldi. O‘yinda “Roma” 2:0 hisobida zafar quchdi.

A Seriyaning qolgan uchrashuvlarida quyidagi hisoblar qayd etildi:

Empoli (Empoli) – Yuventus (Turin) – 1:3
Gollar: Makkarone, 19 (1:0); Manjukich, 32 (1:1); Evra, 38 (1:2); Dibala, 84 (1:3).

Frozinone (Frozinone) – Jyenoa (Genuya) – 2:2
Gollar: Pavoletti, 6 (0:1); Blankard, 31 (1:1); Dyakite, 38 (2:1); Gakpe, 75 (2:2).


Palermo (Palermo) – Kevo (Verona) – 1:0
Gollar: Jilardino, 71 (1:0).


Sassuolo (Sassuolo) – Karpi (Karpi) – 1:0
Gollar: Sansone, 28 (1:0).