Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Tojikistonga 3 yil davomida 250 mln dollar mablag‘ beradi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bugun, 9 noyabr kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Uchrashuv davomida Jahon bankining 2015-2018 yillarda yangi strategiyalarni amalga oshirish uchun Tojikistonga grant dasturi asosida 250 million dollar mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar Tojikiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishda imtiyozli kreditlar, grantlar, transport, suv ta'minoti, xususiy sektor, sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy sohalarda loyihalarni amalga oshirishda texnik yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratishdi.
Tomonlar shuningdek, CASA-1000 loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ham muzokara olib borishdi.