Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist: Agar Mourinoga javob berilsa, "Chelsi" kamida 100 mln funt yo‘qotadi
Joze Mourinoni ishdan bo‘shatish "Chelsi" uchun juda qimmatga tushishi mumkin. The Telegraph jurnalisti Mett Lou ushbu ehtimol bo‘yicha o‘z taxminiy hisoblarini yozib chiqdi.
"Chelsi" 12-tur uchrashuvida "Stok Siti"ga qarshi safar uchrashuvida maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, 16 o‘ringa tushib ketdi (12 o‘yindan 11 ochko).
Jurnalistning hisoblashicha, "Chelsi" Mourino bilan xayrlashish qaroriga kelsa, 100 mln funt xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Maqolada aytilishicha, jamoa keyingi mavsumda YeChLda qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, 40 million funt yo‘qotadi. Bu qiymat tarkibiga UYeFA ajratadigan mablag‘lardan tashqari chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘lar kiradi. Taqqoslash uchun, "Arsenal" YeChLdagi har bir uy o‘yini orqali chiptalar sotuvidan 2 mln funt ishlaydi.
Portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomaning muddatidan oldin buzilishi jamoa ustama puli sifatida 10 million funt to‘lashiga olib keladi.
Uning bo‘shatilishi yangi bosh murabbiy olib kelish zaruratini paydo qiladi. Ayni vaqtda uning o‘rniga olib kelinishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida argentinalik murabbiy, "Atletiko" ustozi Diyego Simeone nomzodi bor. Ushbu mutaxassisni olib kelish uchun "Chelsi" madridliklarga 15 mln funt berishi kerak bo‘ladi. Yangi murabbiy esa jamoani yangidan shakllantirish uchun o‘zi istagan futbolchilarni transfer qilish talabini qo‘yishi mumkin. U o‘z bilan "Atletiko"da Koke va Grizmanni olib kelishi mumkin va bu futbolchilar uchun 40 mln sarflash kerak bo‘ladi.