17:47 / 09.11.2015
4364

Kataloniya parlamenti mustaqillik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Kataloniya mintaqaviy parlamenti provinsiyaning Ispaniyadan tarkibidan chiqish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi, deya xabar bermoqda La Vanguardia. 

Rezolyutsiyada “respublika shaklidagi mustaqil Katalon davlatini tashkil etish boshlangani” e'lon qilindi. Parlamentariylarning 62 nafari mustaqillikni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 10 nafarigina qarshi ekanini bildirgan.
Bir yilcha muqaddam natijalari Madrid tomonidan tan olinmagan Ispaniya tarkibidan chiqish to‘g‘risidagi referendum bo‘lib o‘tgan edi. Unda 80 foiz ishtirokchilar Kataloniya mustaqilligini yoqlab ovoz berishgan.

Top