Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosovo YuNeSKO safiga qabul qilinmadi
YuNeSKO bosh konferensiyasi qatnashchilari mustaqilligi dunyoning 111 mamlakat tomonidan tan olingan Kosovo davlatini tashkilot safiga qo‘shish uchun ovoz berishdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qildi.
Ammo Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan ovoz berishlarda respublikaning tashkilotga a'zoligi ko‘pchilik tomonidan tasdiqlanmadi. Kosovo YuNeSKOning 195 a'zosidan uchdan ikki qism ovozni olishi talab qilingan edi.
Qayd etish joizki, bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya va Serbiya Kosovoning tashkilotga a'zoligiga qarshi ekanini ma'lum qilgan. Albaniya esa Kosovoning YuNeSKO a'zoligiga 196- bo‘lib kirishini qo‘llab-quvvatlagan edi.