19:04 / 09.11.2015
6624

KUN.UZ dayjesti: 9 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalardagi davlat ishtiroki saqlab qolinadi>>

O‘zbekiston tabiiy monopoliyalarning cheklangan miqdordagi aktivlarida davlat ishtirokini saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

2016 yilda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini baholash tizimini ishga tushiriladi>>

2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari faoliyati ochiqligi darajasini monitoring qilish va baholash tizimi ishga tushiriladi.

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi>>

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta yuqori samarador bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

Seysmolog: oxirgi 60 yilda O‘zbekistonda 40qa yaqin yer silkinishlari kuzatildi>>

Oxirgi 60 yil ichida O‘zbekiston hamda unga chegaradosh hududlarda 40qa yaqin kuchli yer silkinishlari kuzatildi. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

Brayan Treysining Toshkentdagi seminaridan 5 asosiy xulosa>>

7 noyabr kuni Toshkentda uzoq nihoyat kutilgan voqea bo‘lib o‘tdi. Amerikalik taniqli biznes murabbiyi, notiq va motivator Brayan Treysi “Turkiston” san'at saroyida bir kunlik seminar o‘tkazdi.

Toshkentda Turkiya va O‘zbekiston avtomobilsozlari muzokara o‘tkazadi>>

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel Parlak rahbarligidagi Uludag‘ Eksportchilar assotsiatsiyasi Avtosanoat eksportchilari uyushmasi a'zolaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

Mutaxassis O‘zbekistonning seysmik faollik eng kuchli hududini aytdi>>

Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan seysmik faol nuqta hisoblanadi. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

3,4 mingdan ziyod samarqandliklar jonivorlar tishlashidan aziyat chekishdi>>

Samarqand viloyatida 2015 yilning 9 oyi davomida 3486 nafar fuqaro jonivorlar tishlaganidan shikoyat qilib tibbiyot muassasalariga yuzlangan. Ularning 2889 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Andijon viloyatidagi 4ta tumanda IIB boshliqlari o‘zgardi>>

Andijon viloyatining 4ta tumanidagi IIBlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning rasmiy nashri hisoblanmish “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

O‘zbekistonga 17 noyabr kuni Pokiston bosh vaziri tashrif buyuradi>>

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif noyabr oyining ikkinchi yarmida rasmiy davlat tashrifi uyushtiradi. Dispatch News Desk nashri xabariga ko‘ra, bu tashrif 17 noyabr kuni amalga oshirilib, 2 kun davom etadi.

"O‘zbekiston pochtasi" AJga yangi rahbar tayinlanadi>>

2015 yilning 9 noyabr kuni Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati binosida, tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyatida 13 nafar kishi is gazidan halok bo‘ldi>>

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2013-2014 yillar, kuz-qish mavsumida besh holatda tabiiy va is gazidan zaxarlanish kuzatilgan.

“Sport” telekanalida “Sokker klub” ko‘rsatuvining takrori efirdan olib tashlandi>>

31 oktabr kuni “Sport” telekanali orqali “Sokker klub” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatilishi va u kelishilgan o‘yinlarga bag‘ishlanishi haqida ma'lum qilgandik.

O‘zbek kinosiga nazar: Kun.uz muxbiridan “Ajal jodusi” filmiga taqriz>>

Oxirgi paytlarda matbuotda, internet nashrlarida “xususiy filmlar”ni “davlat filmlari”ga qarshi qo‘yish, birinchisini qayta-qayta tanqid ostiga olish barobarida, “jiddiy” filmlar tomoshabinga ko‘proq foyda keltirishini bir ovozdan takrorlash urf bo‘lib qoldi.

INFOLIB-2015 Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilmoqda>>

9-13 noyabr kunlarida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada INFOLIB-2015 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kutubxona vebsaytida xabar qilingan.

Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi>>

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mumtoz shoir Mavlono Lutfiyning g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylamoqchi.

Aziz Haydarov KXDRga qarshi o‘yin haqida: Asosiysi qasos olish emas, g‘alaba qozonish>>

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov O‘zbekiston futbol Federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan KXDRga qarshi o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Top