Jahon | 21:39 / 09.11.2015
3483
2 daqiqa o‘qiladi

Litvada bir vaqtning o‘zida 5ta harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlanadi

Litvada 9 noyabrdan birdaniga milliy va xalqaro dlarajadagi 5ta – “Boltiq egasi 2015”, “Temir qilich 2015”, “Ishonch 2015”, “Arkadalar birlashishi 2015”, “Emanli gumbazlar 2015” harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi, deb xabar berdi Litva Qurolli kuchlariga iqtibos keltirgan holda Delfi portali.

Mashg‘ulotlarda 11ta davlat: Chexiya, Gruziya, AQSh, Buyuk Britaniya, Latviya, Polsha, Litva, Ukraina, Vengriya, Germaniya va NATOning tezkor javob berish kuchlari qo‘mondonlik shtabidan 2,8 ming nafarga yaqin harbiy ishtirok etadi.

“Hozirgi geosiyosiy vaziyat ortida Litvada o‘tayotgan mashg‘ulotlarning jadalligi Litva armiyasining mamlakatni mustaqil ravishda himoyalay olishga tayyorgarlik hamda NATOning Sharqiy Yevropadagi jamoaviy mudofaaga tayyorgarlikka yondashuvini namoyish qiladi. Biz milliy va halqaro mashg‘ulotlar o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilmoqdamiz, chunki qurolli tajovuz vaziyatida kurashga bor narsamiz va imkoniyatlarimiz bilan kirishishimizga to‘g‘ri keladi”, deb aytdi Litva Qurolli kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Yonas Vitautas Jukas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish