Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada Serbiya elchixonasining 2 xodimi o‘g‘irlab ketildi
Liviya hududida Serbiya elchixonasining 2 nafar xodimi noma'lum shaxslar tomonidan olib qochildi. Rasmiy Belgradning ma'lum qilishicha, Liviyada haydovchi Slajan Stankovich va haydovchi Yovich Stepich o‘g‘irlangan.
Serbiya TIV rahbari Ivitsa Dachichning so‘zlariga ko‘ra, noma'lum shaxslar Serbiya elchisi kortejiga pistirmadan hujum qilib, avtomobillardan biridagi 2 kishini olib ketishgan.
Ushbu hujum tufayli hech kim jabrlanmagan.
Shu yilning iyulida Liviya shimolida Italiyaning 4 fuqarosi o‘g‘irlangandi. Bu italiyaliklar Bonatti qurilish firmasi vakillari edi. Italiya TIV ma'lumotiga ko‘ra, ularni Tripoli yaqinidagi Mellitah neftgaz majmuasi yaqinida olib ketishgan.
Shu yilning martida IShID Liviyadagi Al-G‘ani hududidagi neft bazasidan 10 nafar xorijlikning o‘g‘irlangani haqida ma'lum qilgandi. Bu hujum vaqtida 8 nafar qo‘riqchi o‘ldirilgandi.
Avstriya TIV IShID tomonidan Al-G‘anida hujum uyushtirilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan. Avstriyaliklarning ma'lumotiga ko‘ra, o‘g‘irlanganlar orasida 4 nafar filippinlik, shuningdek Avstriya, Chexiya, Bangladesh va Gana fuqarolari bo‘lgan.