Jamiyat | 15:54 / 09.11.2015
3629
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda sud-tibbiy ekspertiza xodimlari otasining jasadini olib ketishi uchun erkakdan 150 ming so‘m pora oldi

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida sud-tibbiy ekspertizma xodimlari otasi halok bo‘lgan erkakdan 150 ming so‘m pora olgan xodim qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, tumanlik tadbirkor Akmal Isoqov ota-onasini ko‘rgani kelganida uyda faqat onasi borligini, otasi esa dala-hovlida ekanligini aniqlagan. Otasi Baxtiyor Isoqov hadeganda qaytavermagach, ular ikkita bo‘lib dala-hovliga yo‘l olgan. U yerda esa mudhish voqea sodir bo‘lgan edi: B. Isoqov is gazidan zaharlanib o‘lgan edi.
O‘sha tun jasad maxsus ko‘rikdan o‘tkazish uchun Markaziy qon boshqarmasiga qarashli Tibbiy-sanitariya qismining patologiya-anatomiya bo‘limiga olib ketilgan.

A. Isoqov otasining tanasini morgdan ertaroq olib chiqib, vaqtida dafn etish uchun Tibbiy-sanitariya qismining patologo-anatomiya bo‘limi mudiri Qurbon Qarshiyevga murojaat qilgan. Qarshiyev buning evaziga 150 ming so‘m talab qilgan.
Aytilgan pulni bergan Isoqov jasadni olib chiqib ketgan va dafn etgan. Qarshiyev esa, o‘z navbatida, do‘stlarini chaqirib, o‘sha kuni bu pullarga ziyofat bergan.

Ikki kundan so‘ng Isoqov tegishli joylarga murojaat qilib, Qarshiyevning qilmishini fosh qilgan. Natijada u javobgarlikka tortilgan.
Sud hukmi bilan Qarshiyev 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish