09:12 / 09.11.2015
4388

Nepalda terma jamoa futbolchilari davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Nepal hukumati bir necha futbolchilarni davlatga xiyonat qilishda aybladi. Ular milliy terma jamoa o‘yinlarini sotishda ishtirok etgani gumon qilinib, qo‘lga olingandi. Bu haqda The Himalayan Times nashri politsiyadagi manbasiga asoslangan holda xabar qilgan.

14 oktabr kuni Nepal politsiyasi mamlakat milliy terma jamoasida avval o‘ynagan va hozirda o‘ynayotgan 5 futbolchini kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etganlikda aybdorlar sifatida hibsga olgandi.

Ular kelishilgan uchrashuvlar tashkil qilishda va 2011 yilda jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarini sotishgani aniqlangan.

Ushbu shaxslarning aybdorligi tasdiqlansa, ularga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

14 oktabr kuni qo‘lga olinganlar Nepal terma jamoasi sardori Sagar Tapa, ikkinchi sardor Sandip Ray, darvozabon Ritesh Tapa, terma jamoaning sobiq a'zosi Bikash Singx Chxetri va sobiq murabbiy Anjan Key-Si 27 oktabr kuni sud qilinishgan.

Ular hibsga olingach, Nepal milliy futbol federatsiyasi tarkibidagi jamoalar va sportchilar FIFA va Osiyo doirasidagi turnirlardan 30 kunga chetlashtirilgan.

1 yil oldin futbol federatsiyasining sobiq rahbari Ganesh Tapa iste'foga chiqarilgandi. U bir necha million dollarni o‘zlashtirish va pora olishda ayblangan. Bu ish bo‘yicha tekshiruvlar davom ettirilmoqda.

Top