Jamiyat | 09:50 / 09.11.2015
2593
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada ayol kishi shtat gubernatori bo‘lgach, siyosiy to‘qnashuvlar yuz berishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Taraba shtatida qarama-qarshi siyosiy kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, kamida 13 kishi halok bo‘ldi.

Shtat hududidagi Vukari shahrida o‘nlab uylarga o‘t qo‘yilgan. Bu shaharda diniy va etnik ziddiyatlar kuchaygan edi.

Qayd etish kerakki, bu voqealar 7 noyabr kuni sud qaroriga ko‘ra shtat gubernatorligi uchun saylov natijasi nohaqqoniy deb topilgach, yuz berdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, muxolifatchilar yetakchisi Darius Ishaki g‘alaba qozongani e'lon qilingandi. Lekin sud qaroriga ko‘ra amaldagi partiya vakili Oysha Alhassanga beriladigan bo‘ldi.

U Nigeriya tarixidagi ilk ayol gubernatorga aylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish