14:13 / 09.11.2015
4310

OAV: Ayrim pedagoglar maktab darsligiga kiritilgan o‘zbek yozuvchilari haqidagi oddiy savollarga javob bera olmaydi

“Ma'rifat” gazetasining navbatdagi sonida chop etilgan maqolada maktab o‘qituvchilarining saviyasi va bilim darajasi shubha ostiga olingan.
“Afsuski, ayrim pedagoglar maktab darsligiga kiritilgan o‘zbek yozuvchilari haqidagi oddiy savollarga javob bera olmaydi. Xorij adabiyoti haqida gapirmasayam bo‘ladi”, - deyiladi materialda.

Muallifning fikricha, bunday saviyadagi pedagoglar o‘quvchilarga ham tuzukroq bilim bera olmaydi, buning natijasida esa bilimsiz kadrlar ko‘payib ketadi.
Shu gazetadagi yana bir maqolada kasb-hunar kollejlariga o‘rnatilgan uskunalar uzoq yillardan buyon ishlatilmayotganini, u pedagogik jarayonga jalb qilinib, yoshlarning bilim olishiga xizmat qilmayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Muallif Kasbi tuman qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejini misol qilib keltiradi. Aytilishicha, u yerga zaruriy asbob-anjomlar 2004 yilda Italiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kompaniyalaridan biri tomonidan yetkazib berilgan, lekin 11 yildan buyon ular qo‘llanilmaydi, o‘qituvchilarning o‘zlari ham ushbu apparaturaning qo‘llanilishi borasida nazariy ma'lumotga ega, xolos.

Top