Jahon | 22:09 / 09.11.2015
7833
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya A321 halokatida IShIDning Misrdagi bo‘limi qo‘li borligini aniqladi

Buyuk Britaniya hukumatining ma'lum qilishicha, qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarga ko‘ra, IShIDning Sinay yarim orolidagi bo‘limi boshlig‘i Abu Usama al Masriyning Airbus A31 samolyotida portlash uyushtirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Sunday Times xabar bermoqda.

Britaniya razvedkasining ta'kidlashicha, samolyot Sinay yarim orolida IShID tomonidan tayyorlangan bomba tufayli halokatga uchragan.

Nashrning ma'lum qilishicha, Abu Usama al Masriy IShID bilan o‘tgan yilda Suriyada shartnoma tuzgan.

Shuningdek, Britaniya Rossiya va Misrga jangarilarni yo‘q qilish borasida yordam berajakligini aytgan. Buning uchun Misrga britaniyalik maxsus askarlarni yuborish talab etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish