O‘zbekiston | 07:57 / 09.11.2015
6494
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekiston pochtasi" AJga yangi rahbar tayinlanadi

2015 yilning 9 noyabr kuni Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati binosida, tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda "O‘zbekiston pochtasi"ning yangi rahbari nomi ma'lum qilinadi.

Yig‘ilish kun tartibida, tashkilotning sobiq rahbari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib, bosh direktor lavozimini vaqtincha bajaruvchi tayinlanadi.

Ma'lumot uchun, "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh direktori sifatida Rustam Qosimov ishlab kelayotgandi. Ayni vaqtda uning nomi tashkilot saytidagi rahbarlar sahifasidan olib tashlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish