Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bojxonada yuklarni elektron deklaratsiya qilish tizimi joriy qilinadi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan respublikaning bojxona chegarasidan avtomobil transporti bilan olib o‘tilayotgan mahsulotlar haqida dastlabki elektron axborot berish tizimi kiritilmoqda. Bu haqda 9 noyabrda e'lon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorida aytilmoqda.
Qarorga ko‘ra, yuk tashuvchilar, bojxona brokerlari yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015 yil 1 dekabrdan davlat bojxona xizmatiga bojxona chegarasidan avtomobil transporti bilan olib o‘tilayotgan (jumladan tranzit shartlari bilan) mahsulotlar haqida dastlabki elektron axborot berish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasida yangi tizim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga o‘z xohishlariga ko‘ra mahsulotni rasmiylashtirish jarayonini tezlatish va bojxona muassasalari bilan o‘zaro munosabatni soddalashtirishga imkon berishi aytildi.
Mahsulot haqida dastlabki elektron axborot mavjudlii va ularning mahsulotga biriktirilgan hujjatlarga mosligi shartida bojxona nazorati va rasmiylashtirishi bojxona xizmati muassasalariga mahsulotga biriktirilgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin bir soat ichida amalga oshiriladi.