O‘zbekiston | 16:48 / 09.11.2015
3292
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalardagi davlat ishtiroki saqlab qolinadi

O‘zbekiston tabiiy monopoliyalarning cheklangan miqdordagi aktivlarida davlat ishtirokini saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, gap temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, aviatsiya, elektrik, gaz va irrigatsion tarmoqlar, strategik xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalar, oltin, kumush, uran va mis konlari haqida bormoqda.

Boshqa sohalarda esa davlat ulushi xususiy sektorga o‘tkaziladi. Birinchi navbatda chet ellik strategik sherikchilikka urg‘u beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish