11:43 / 09.11.2015
9738

Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mumtoz shoir Mavlono Lutfiyning g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylamoqchi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Istiqlol” saroyida Ulug‘bek Rahmatullayevning konsertiga tashrif buyurgan vaqtda shov-shuv.uz sayti jurnalistiga intervyu berish chog‘ida o‘z ijodidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

“Buyuk siymolar ijodidan” turkumini davom etishga kirishdik. Xabaringiz bor, bu ulkan loyihaning ilk qadami Bobur ijodi bilan boshlandi. Atoqli shoirning g‘azallari bilan yangicha uslubdagi musiqalar bilan kuylangan qo‘shiqlarimiz elimizga havola etildi. Mayli-da, ular orasidan birgina qo‘shig‘imiz ommalashdi. “Lola”ni bugun qaysi tadbirga bormay, jo‘r bo‘lib kuylashadi. Endigi navbat Lutfiy ijodiga! Kuni-kecha sevimli shoirning “Yiroq” nomli g‘azali bilan tanishdim. G‘azalni o‘qir ekanman, qalbimda unga monand musiqa ham yaraldi. Ayni paytda belni mahkam bog‘lab, ijodga kirishdim. O‘ylaymanki, yangi albomim muxlislarimni befarq qoldirmaydi", – deydi xonanda.

Top