17:43 / 09.11.2015
4944

Putin: Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligini oshirishga erishdik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi amaliyotlar Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligi oshganini ko‘rsatganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar qurolli kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va harbiy imkoniyatlarini oshirdi. Bu Suriya rahbariyati so‘rovi va iltimosiga ko‘ra o‘tkazayotgan aksilterror operatsiyalarimizda o‘z tasdig‘ini topmoqda”, - dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi yetarli darajadagi maromda ishlab, Qurolli kuchlarni yangi raketa komplekslari, atom va ko‘p vazifali suvosti hamda suv usti kemalari bilan ta'minlamoqda.

Top