Jahon | 01:27 / 09.11.2015
4497
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etuvchi farmonga imzo chekdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 noyabrdan boshlab Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Mazkur farmon mamlakatning huquqiy axborotlar rasmiy internet portalida e'lon qilindi.

“Rossiya aviakompaniyalariga Rossiya Federatsiyasidan Misr Arab Respublikasiga fuqarolarni (shu jumladan, tijoriy) tashuvi vaqtinchalik taqiqlanadi”, — deyiladi mazkur hujjatda.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan ilgari surilgan A321 halokati o‘rganilgunga qadar Misr bilan aviaxabarlarni to‘xtatish haqidagi g‘oyani rad etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish