Sardor Rashidov «Al-Jayish» tarkibida yana bir marta dubl qayd etdi
Qatarning “Al-Jayish” klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov o‘z jamoasi tarkibida yana bir bor dubl qayd etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Qatar Yulduzlar ligasining 29 oktabr kuni o‘tkazilgan 7 tur uchrashuvida, “Al-Vakrah” jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol kiritgan hamda jamoasiga g‘alaba keltirgandi.
7 noyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi turda Rashidov “Al-Mesaymir” klubiga qarshi maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U 14 va 36-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. O‘yinda “Al-Jayish” 5:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Endi Rashidovning gollari soni 6taga yetdi. Unga bu natija uchun 7 uchrashuv o‘tkazish kifoya qildi.
Al Jayish - Al-Mesaimer 5:2
Gollar: Romario (10), Sardor Rashidov (13, 36), Majid Muhammad (87) - Abdulrahmon Said (35) Erivelto Silva (85)