10:54 / 09.11.2015
5803

Serxio Ramos: Qabrim ustiga «Real» va «Sevilya» bayroqlarini yopishsin

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 11-turida "Sevilya"ga qarshi kechgan bahsda mahalliy muxlislar o‘ziga qarata hushtak chalishganini og‘ir qabul qilganini bildirdi.

Andalusiyaning "Sevilya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Ramos ushbu o‘yinning 22-daqiqasida sobiq jamoasi darvozasiga akrobatik usulda gol urgan va bu golni nishonlamagandi.

"Menga nisbatan hushtak chalganlar afsuslanishi kerak, deb o‘ylayman. Men "Real" va "Sevilya" vakiliman. Qabrim ustiga ham shu klublar bayroqlarini yopishlarini istayman", - deydi futbolchi Marsa nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, u 2003-2005 yillarda "Sevilya" jamoasida harakat qilib, 38ta uchrashuv o‘tkazgan.

Top