15:58 / 09.11.2015
3973

Seysmolog: oxirgi 60 yilda O‘zbekistonda 40qa yaqin yer silkinishlari kuzatildi

Oxirgi 60 yil ichida O‘zbekiston hamda unga chegaradosh hududlarda 40qa yaqin kuchli yer silkinishlari kuzatildi. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

“So‘nggi 60 fil ichida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 40qa yaqin kuchli yer silkinishlar kuzatildi, - dedi u “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda. – 1966 yildagi Toshkent zilzilasini hamma bilsa kerak. 1976 va 1984 fillarda Gazlida Rixter shkalasi bo‘yicha 7, intensivlik darajasi bo‘yicha 9-10 darajali yer silkinishi kuzatildi. 1980 yilda Nazarbek qo‘rg‘onida 7-8 balli zilzila yuz berdi. 2013 yilning 24 may kuni Toshkent dengizi yaqinidagi Tuyabo‘g‘iz posyolkasida, oradan ikki kun o‘tib, Jizzax va Samarqand viloyatlari oralig‘idagi Marjonbuloq qishlog‘i hududida 6.2 ball magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Xayriyatki, aholi orasida qurbonlar bo‘lmadi. Biz zilzila hududiga borib, tadqiqotlar olib bordik, binolarning holati bilan tanishdik, odamlardan so‘rab surishtirdik”.

Mutaxassis Farg‘ona vodiysi mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan seysmik faol nuqta hisoblanishini alohida qayd qilib o‘tdi.

Top