Jamiyat | 14:55 / 09.11.2015
2343
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen’ning bosh dizayneri iste'foga chiqadi

Volkswagen konserni shef-dizayneri Valter de Silva noyabr oyining oxirida iste'foga chiqadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda Automotive News nashri xabar bermoqda.

De Silva oxirgi 9 yil mobaynida mashinalar dizaynini ishlab chiqishga rahbarlik qilib keldi, uning avtomobil sanoatidagi umumiy mehnat staji esa 42 yilga tengdir. Dizaynerning iste'fosi, ma'lumotlarga qaraganda, uning pensiya yoshiga yetishi bilan bog‘liq – 2016 yil fevralida de Silva 65 yoshga to‘ladi.

Boshqa ma'lumotlarga qaraganda, mutaxassis konsernni keng miqyosli restrukturizatsiya natijasida tark etadi.
Oxirgi bir necha oy mobaynida kompaniyani bosh direktor Martin Vinterkorn, marketing va sotuvlar bo‘yicha direktor Kristian Klingerlar tark etishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish