Jahon | 08:35 / 09.11.2015
1827
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyada parlament saylovlarida muxolifatdagi XDI partiyasi yetakchilik qilmoqda

Xorvatiyada 8 noyabr kuni parlament saylovi o‘tkazildi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, muxolifatdagi Xorvatiya demokratik ittifoqi (XDI) partiyasi oldinda bormoqda.

Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, saylov byulletenlarning 40 foizlik qismi hisoblab chiqilgan vaqtda XDI Xorvatiya parlamentidagi 151 o‘rindan 60tasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi.

Hukmron Sotsial-demokratik partiya esa raqibidan kamida 5ta o‘rin olgan.
Ushbu saylov natijalariga ko‘ra, "Most" partiyasi uchinchi bo‘lishi kutilmoqda (18-19 o‘rin).

Partiyalarning saylovoldi kampaniyasida asosiy mavzular iqtisodiyot va muhojirlar muammosi bo‘lgan.

Milliy-konservativ partiya yetakchisi Tomislav Karamarkoning fikriga ko‘ra, saylovlar yakunida hozirda hukumatni boshqarib turgan Zoran Milanovich rahbarligidagi sotsial-demokratlar mag‘lub bo‘lsa, muhojirlar inqirozi muammosi yanada kengayadi.

Xorvatiyada saylov huquqiga ega kishilar soni 3,8 mln nafarga yaqinni tashkil etadi. (Xorvatiyaning umumiy aholisi 4,253 mln kishi).

Siyosiy partiyalar parlament tarkibiga kirishi uchun saylovchilarning kamida 5 foiz ovoziga ega bo‘lishi lozim. Nomzodlar uchun foiz borasida talab ko‘zda tutilmagan.

Ma'lumot uchun, Xorvatiya yig‘ini – bir palatali parlament hisoblanadi. U kamida 100 nafardan, ko‘pi bilan 160 deputatdan iborat bo‘lib, 4 yilga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Hozirdagi parlament 151 deputatdan iborat edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish