Jahon | 14:32 / 09.11.2015
1975
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyadagi parlament saylovida muxolifatdagi partiya g‘olib bo‘ldi

8 noyabr kuni Xorvatiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat YeIga a'zo bo‘lganidan beri ilk marta o‘tkazilgan ushbu parlament saylovi muxolifat g‘alabasi bilan yakunlangan.

Saylov byulletenlarining 98 foizi hisoblab chiqilgan holatda, muxolifat partiyasi amaldagi bosh vazir Zoran Milanovich boshchiligidagi hukumat partiyasini uncha katta bo‘lmagan farq bilan ortda qoldirgan.

Davlat saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Xorvatiya demokratik hamdo‘stligining “Vatanparvar koalitsiyasi” parlamentda 59 mandatga (151 o‘rindan), “Xorvatiya o‘smoqda” Sotsial-Demokratik partiyasi esa 56 mandatga ega bo‘lgan.

Shunday qilib muxolifatdagi kuchlar fuqarolarning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.
Uchinchi o‘rinni esa 2012 yilda asos solingan MOST partiyasi egallagan (19ta o‘rin).

Shunga qaramay, parlament ko‘pchiligini (76 o‘rin) qo‘lga kiritish uchun har ikki tomon ham (76 o‘rin) kichik partiyalarni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qiladi.

Ushbu saylovlar Xorvatiya muhojirlar muammosiga ro‘baru kelgan vaqtda bo‘lib o‘tdi. Bu muammo tufayli mamlakat iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Xorvatiyada keyingi 6 yil ichida iqtisodiy pasayish kuzatilmoqda va ishsizlik 20 ko‘rsatkichlari foizga yetgan.

Xorvatiyada saylov huquqiga ega kishilar soni 3,8 mln nafarga yaqinni tashkil etadi. (Xorvatiyaning umumiy aholisi 4,253 mln kishi).

Siyosiy partiyalar parlament tarkibiga kirishi uchun saylovchilarning kamida 5 foiz ovoziga ega bo‘lishi lozim. Nomzodlar uchun foiz borasida talab ko‘zda tutilmagan.

Ma'lumot uchun, Xorvatiya yig‘ini – bir palatali parlament hisoblanadi. U kamida 100 nafardan, ko‘pi bilan 160 deputatdan iborat bo‘lib, 4 yilga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Hozirdagi parlament 151 deputatdan iborat edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish