Jahon | 09:05 / 09.11.2015
2508
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada AES avariyasiga tayyorgarlik yuzasidan keng miqyosli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

9 noyabr kuni Yaponiyaning Sikoku orolidagi “Ikata” AES hududida atom stansiyasida avariya yuzaga kelgan taqdirda to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan keng miqyosli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ular ssenariysida tabiiy ofat yoki sovutish tizimida nosozlik yuzaga kelishi natijasida atmosferaga radioaktiv moddalar chiqishi holatlari nazarda tutildi.

O‘quvlarda AESdan 30 kilometr radius uzoqlikda bo‘lganlar, jumladan, 13 ming bola ishtirok etdi. Ularga evakuatsiya e'lon qilinganda qanday harakatlanish lozimligi o‘rgatildi. Stsenariyga ko‘ra, bolalar bolalar bog‘chalari va maktablar radiatsiya bilan zararlanishini kutib olishdi.

Yaponiya floti kemalari odamlarni Sikokudan qo‘shni Kyusyu oroliga evakuatsiya qildi. Shundan so‘ng yaponlarga organizmni ratsiatsion zaharlanishdan himoyalaydigan dori vositalari tarqatildi, shuningdek, ular qabul qilib olingan radiatsiya darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Kyusyu orolida evakuatsiya qilinganlar savdo markazlari va sport zallariga joylashtirildi.

“Ikata” AESi 2011 yilning martida "Fukusima-1"da ro‘y bergan avariyadan keyin Yaponiyaning boshqa atom obektlari singari to‘xtatilgan edi. Ayni paytda stansiya yangi qabul qilingan kuchaytirilgan tartibdagi xavfsizlik qoidalariga mos barcha tekshiruvlardan o‘tdi. Taxminlarga ko‘ra, “Ikata” AESi 2016 yilning bahoridan ishga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 15 oktabr kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida "Senday" AESning ikkinchi reaktori ishga tushirilgan edi. 21 oktabrdan esa reaktordan elektr energiyasi olinishi boshlandi. "Senday" stansiyasining birinchi energobloki esa 11 avgust kuni ish boshlagan. Har ikki blokning quvvati 890 MVt ni tashkil etadi.

Bugungi kunda Yaponiyadagi 13ta AESning 20ta reaktori tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 2013 yil yozida o‘rnatilgan yangi xavfsizlik standartlariga mosligi o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish