Sport | 00:02 / 09.11.2015
3847
1 daqiqa o‘qiladi

La Liganing 11 turida “Barselona” “Vilyarreal”ni 3:0 hisobida yengdi va chempionat peshqadamiga aylandi

Ispaniya chempionatining 11-tur doirasida o‘tgan “Barselona” va “Vilyarreal” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yin 3:0 hisobidagi natija bilan nihoyasiga yetdi. O‘yinda Neymar dublga erishdi, Luis Suares esa penaltidan to‘p kiritdi.

“Barselona” uchrashuvdan so‘ng 27 ochkoga ega bo‘ldi va chempionat peshqadamiga aylandi. Uni izma-iz bir o‘yin kam o‘tkazgan “Real” quvib kelmoqda. 20 ochkoga ega “Vilyarreal” esa beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ispaniya chempionati, 11-tur
“Barselona” (Barselona) — “Vilyarreal” (Vilyarreal)
Gollar: Neymar, 60 (1:0); Suares, 70 (2:0, pen); Neymar, 85 (3:0).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish