18:52 / 10.11.2015
4233

AQShda 11 oylik chaqaloqni qarovsiz qoldirib, ichish uchun ketgan juftlik hibsga olindi

Nyu-York shahrida o‘zlarining 11 oylik chaqalog‘ini mehmonxonada qarovsiz qoldirib, restoranga ichkilik ichish maqsadida jo‘nab ketgan juftlik hibsga olindi. Bu haqda NY Daily News nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, 28 yoshli Jyenna Rolif va 31 yoshli Duglas Lopes o‘zlarining qizaloqlari oldiga mast holda qaytib kelishgan. Ular bir yarim soat davomida chaqaloqni qarovsiz qoldirishgandi.

Ushbu yoshlar chaqaloqning hayotiga tahdid solganlikda ayblanib, qamoqqa olinishgan.

Politsiya ma'lumotida aytilishicha, ular mehmonxonaga qaytishganida qattiq mast bo‘lishgan va ular bu ahvolda chaqaloqning xavfsizligiga tahdid solishgan. Ular xonaga qaytishganida chaqaloq ochiq deraza yaqinidagi karovatda yotgan bo‘lgan.

Jyenna Rolif nashrga bergan intervyusida bu ish tufayli vijdon azobida ekanini aytib o‘tgan.

U qamoqdan chiqarilgach, o‘z chaqalog‘i bilan birga tushgan videosini ommaga namoyish qildi.

"Ona va bola o‘rtasidagi mehrdan kuchliroq mehr yo‘q bu dunyoda. Sen hamisha mening qizim bo‘lib qolasan. Seni butun borlig‘im bilan sevaman", deydi u.

Qayd etilishicha, Rolif xonim o‘sha vaqtda alkagol tufayli mast bo‘lib qolgani haqidagi ma'lumotni inkor qilgan.

"Biz Duglas bilan oz miqdorda ichgan edik", deydi u.

Ayni vaqtda uning yigiti Duglas Lopes qamoqxonada qolmoqda.

Top