Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:41 / 10.11.2015
5915
1 daqiqa o‘qiladi
Bir kun ichida British Airways aviakompaniyasiga tegishli ikkinchi samolyotning ham dvigateli ishlamay qoldi
British Airways aviakompaniyasining samolyoti dvigatelda paydo bo‘lgan nosozlik tufayli Dallas aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda AirLive.net.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot dvigatellaridan biridagi ventilyator parragi ishlamay qolgan.
Avvalroq British Airways aviakompaniyasining Londondan Afinaga parvoz etuvchi samolyoti dvigateldagi nosozlik va yoqilg‘i oqishi tufayli Xitrouga qo‘ngani haqda ma'lumot tarqatilgan edi.