Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik yosh milliarder Pol Angad o‘z joniga qasd qildi
8 noyabr kuni britaniyalik taniqli tadbirkor va prodyuser Angad Pol jonsiz holda topildi. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ushbu milliarder Londondagi baland qavatli binolardan biridan, 8-qavatdagi uy derazasidan pastga qulagan. Tergovchilar u o‘z joniga qasd qilganini gumon qilishmoqda. Shuningdek, bu tasodifiy hodisa bo‘lishi ham mumkinligi istisno qilinmayapti.
"Voqea joyiga 4-5ta politsiya mashinasi yetib kelib, hodisa tafsilotlarini o‘rganishni boshlagan. Shuningdek, voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari va o‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan. Sudmedekspertiza vakillari ham shu yerda deya voqea joyidan xabar bergan guvohlardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar xodimlari bu joyda 4 soat qolishgan.
Po‘lat biznesi bilan shug‘ullangan marhum milliarder Angad Pol Caparo Industries kompaniyasi xo‘jayini hisoblanar edi.
The Evening Standard nashri ma'lumotiga ko‘ra, 1 oy oldin korporatsiya boshqaruvida ichki o‘zgarishlar bo‘lib o‘tgandi. Bunga iqtisodiy inqiroz sharoitida kompaniya samaradorligidagi pasayishlar sabab bo‘lgan. Natijada, kompaniya ishchilarni ommaviy tarzda ishdan bo‘shata boshlagan. Kompaniyaning Buyuk Britaniyadan tashqari AQSh va Hindistondagi xodimlari ishdan bo‘shatilgan.
Qayd etish kerakki, Angad Pol taniqli prodyuser hisoblanar edi. U Gay Richi bilan hamkorlikda "Kartalar, pullar va 2 stol" nomli film ishlagan. U jami 10ta kartinada prodyuserlik qilgandi.
Ma'lumot uchun, Angad Pol Buyuk Britaniyaning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lmish Svraja Polning (Lordlar palatasining 84 yoshli a'zosi) eng kichik o‘g‘li bo‘lib, Caparo Industries kompaniyasiga Svraja Pol 1968 yilda Hindistondan kelib, asos solgan edi.