10:32 / 10.11.2015
3193

FQB Rossiya va Misrga A321 taftishlarida yordam berishga tayyor

AQSh Federal qidiruv byurosi Rossiya va Misrga A321 samolyotining halokati yuzasidan yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda FQB vakilining so‘zlariga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“FQB bizning Misr va Rossiyadagi hamkasblarimizga sud-kriminalistika yordami va boshqa turdagi ko‘mak ko‘rsatishga tayyor. O‘tkazilayotgan tekshiruvlar yuzasidan boshqa ma'lumotlarni Misr va Rossiyada ish olib borayotgan xodimlardan olishni maslahat beramiz”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.

Ilgariroq FQBning tekshiruvlarda ishtiroki yuzasidan matbuotda e'lon qilingan daraklar yuzasidan idora vakillari izoh berishdan bosh tortishgan edi.

Top