Jahon | 23:17 / 10.11.2015
3007
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Suriyada tuzumni o‘zgartirish g‘oyasi hech qanday natija olib kelmaydi

Suriyada tuzumni o‘zgartirish haqidagi mavhum g‘oyalarga berilganlik hech qanday natija olib kelmaydi, deb aytdi 10 noyabrda jurnalistlarga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatini tuzish hamda muholifat va hukumat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish masalalari bo‘yicha aniq ish olib borish o‘rniga kimdir yana “keling tuzumni o‘zgartiramiz va hammasi o‘z o‘zicha barham topadi” qabilida mavhum fikrlar bildirsa, Venada o‘tadigan uchrashuvdan hech qanday foyda bo‘lmaydi”, deb aytdi Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish