Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:37 / 10.11.2015
3177
1 daqiqa o‘qiladi
Litva mudofaa tizimini kuchaytirish maqsadida AQShdan Stryker zirhli mashinalarini so‘radi
Litva mamlakat mudofaa tizimini yanada kuchaytirish maqsadida AQShdan 84 dona Stryker zirhli mashinasini so‘radi. Bu haqda Defence News xabar bermoqda.
AQShning mudofaa sohasidagi hamkorlik agentligining ma'lum qilishicha, 30 mm pushkaga ega M1126 versiyali Stryker zirhli mashinalari Litva mudofaa salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ma'lum qilinishicha, zirhli mashinalarning bir partiyasi 599 million dollarga baholangan.
Litva keyingi yil uchun mudofaa byudjyetini 35 foizga, ya'ni 574 million yevroga oshirgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish