Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London: faqat Rossiya va Misrgina A321 da aslida nima bo‘lganligini ayta oladi
Faqatgina misrlik va rossiyalik mutaxassislargina A321 bortida terakt sodir bo‘lganmi yoki yo‘q, degan savolga javob bera olishlari mumkin. Bu haqda Vashingtonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond ma'lum qilib o‘tgan hamda tekshiruvlar xulosasini kutishga chaqirgan.
"Bizda hozirgacha Sinayda qulagan Rossiya samolyoti mobodo bortida berkitilgan portlovchi qurilma tufayli halokatga uchragan bo‘lsa, uning oqibatlari nima bilan tugashi haqida muhokama qilish imkoniyati tug‘ilmadi. Biz buning oqibatlarini atroflicha o‘ylab olishimiz kerak. Nafaqat bu haqda balki Rossiyaning Suriyadagi ishtiroki jarayonlarini ham muhokama etib olishimiz zarur” , — dedi Xammond AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan Vashingtondagi uchrashuv vaqtida.
Shu bois Xammond tergov xulosalarini kutish kerakligini ta'kidlab o‘tgan.