09:51 / 10.11.2015
3381

Londonda po‘lat quyuvchi Caparo Industries kompaniyasi egasi o‘z joniga qasd qildi

Buyuk Britaniyaning po‘lat quyuvchi Caparo Industries kompaniyasi egasi Angad Pol kompaniyasining bankrotlikka uchrashi sababli o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

“Noxush voqea tafsilotlari tergov qilinmoqda, ayni bosqichda biz ushbu voqeaga shubhali deb qaramayapmiz”, deyilmoqda Skotlend-Yard bergan xabarda.

Angad Pol Caparo Industries asoschisi, 84 yoshli lord Svraj Polning o‘g‘li hisoblanadi. U kompaniyani o‘g‘liga 1996 yilda meros sifatida bergan.

Buyuk Britaniya po‘lat quyish biznesida metallurgiya mahsulotlariga narxlar pasaygani sababli hozir inqirozli vaziyat yuzaga kelgan. Shu inqiroz ortida yillik aylanmasi 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan Caparo Industries kompaniyasi bankrotlikka uchrashi oqibatida ma'muriy boshqaruvga o‘tkazilgan. O‘tgan yili kompaniyaning 450 xodimi ishdan bo‘shatilgan edi, joriy yilda ham 1200 kishiga shunday qismat xavf solmoqda.

Top