20:32 / 10.11.2015
3276

Mayami aeroportida qo‘l yukidagi shubhali buyumlar sababli 50 ta aviareys qoldirildi

AQShning Florida shtatidagi Mayami xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan birining qo‘l yukida aniqlangan shubhali buyumlar trevoga ko‘rilishiga sabab bo‘ldi. Natijada 50 ga yaqin reys bekor qilindi, 9 samolyotni boshqa aeroportlarga yuborishga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, parvozlar jadvalining buzilishiga olib kelgan voqea 9 noyabr kechki payt yuz bergan. Yuk tekshirilayotganda va reysga ro‘yxatga olish paytida yo‘lovchilardan birining qo‘l yukida shubhali ko‘rinishdagi buyumlar topilgan. Mayami politsiyasi ushbu ish bilan shug‘ullanishni Federal qidiruvlar byurosiga topshirgan. FQB xodimlari yo‘lovchini so‘roq qilishdi, yana bir bor buyumlarni ko‘zdan kechirib, ularda hech qanday xavfli narsa yo‘q degan xulosaga kelishdi.

Taftish paytida ikkita yuk tekshirish liniyasi 3 soatdan ko‘proqqaa yopib qo‘yildi.

Top