Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya hukumati Afrikadagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi rahbarini terrorchilarga ko‘mak berishda ayblamoqda
Afrikadagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi MTN Group bosh direktori Sifiso Dabengva kompaniyaning Nigeriyadagi bo‘limiga nisbatan solingan 5,2 mlrd dollarlik jarima tufayli iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda AP axborot agentligi.
“Sifiso Dabengva kompaniyaning Nigeriyadagi bo‘limi duch kelgan bir qator omadsizliklar tufayli iste'foga ketdi”, deyilmoqda xabarda.
Kompaniyada aytilishicha, yaqin yarim yil ichida bu lavozimni kompaniyaning sobiq rahbari Futuma Nleko egallaydi. U Nigeriya aloqalar bo‘yicha komissiyasi bilan hamkorlik qilishga va'da berdi. Komissiya kompaniyani 5,2 mln qayd qilinmagan mijozni tarmoqdan uzib qo‘ymagani uchun jarimaga tortgan.
Mahalliy hukumat fikricha, kompaniya faoliyati milliy xavfsizlikka xavf sifatida talqin qilinmoqda, chunki qayd qilinmagan uyali telefonlardan “Boko Haram” terrorchilik guruhiga kiruvchi terrorchi-xudkushlar va jangarilarni boshqarish hamda odam o‘g‘irlashlar va qurolli bosqinchiliklarda foydalanish mumkin.
O‘tgan haftada Yoxannesburg fond birjasi 20 foizga arzonlashib ketgan kompaniya aksiyalarini kompaniya o‘z aksionerlarini Nigeriya hukumati bilan hamkorlik qilayotganiga ishontirmaguncha sotishni to‘xtatdi.
MTN’ning Nigeriyadagi 60 mln dan ko‘proq mijozi kompaniya umumiy daromadining uchdan bir qismini keltirardi. Umumiy hisobda MTN xizmatlaridan Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqda yashovchi 233 mln abonent foydalanadi.