23:20 / 10.11.2015
3696

OAV: Yaponiya o‘z hududida Patriot zenit-raketa majmualarini joylashtirishni o‘z nihoyasiga yetkazdi

Yaponiya AQShda ishlab chiqarilgan 24 ta Patriot zenit-raketa majmuasini butun hududi bo‘ylab 15 ta harbiy bazada joylashtirish ishlarini o‘z nihoyasiga yetkazdi. Bu haqda Xitoyning TASS ma'lum qildi.

Rasmiy Tokioning ishontirishicha, bu majmualar Shimoliy Koreya tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan raketa-yadro zarbasini qaytarish uchun mo‘ljallangan.

Oktyabr oxirida Yaponiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili havo hujumiga qarshi ikkita Patriot majmuasi Xokkaydo orolidagi harbiy-havo bazasida joylashtirilganini ma'lum qilgandi.

Undan avvalroq to‘rtta majmua Tokio yaqinida joylashtirilgan. Ushbu majmualarni jangovor navbatchilikka qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur 2004 yilda boshlangan edi.

Oxirgi o‘n yillik davomida Yaponiya AQShdan faol ravishda Patriot majmualarini sotib olgan va buni “tashqi xavflardan himoyalanish zarurati” bilan tushuntirgan. Misol uchun, 2006 yilda Yaponiya bunday majmualarni sotib olish uchun 144 mln dollar sarflagan.

Patriot zenit-raketa majmuasi barcha havo sharoitlarida ishlay oladigan uzoq masofalarga mo‘ljallangan majmua bo‘lib, qanotli raketalar, ballistik raketalar jangovor kallagi hamda istalgan turdagi harbiy samolyotni urib tushirishga mo‘ljallangan. Bu majmua AQShdan tashqari Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Niderlandiya, Germaniya kabi yana 13ta davlatda qurollanishga olingan.

Top